Jahon

Janubiy Koreya 165 ming muhojirga mehnat vizalari berish niyatida

Mamlakatga 16 davlat, xususan, O‘zbekistonga ham E-9 vizasi "eshiklarini ochmoqda".

Janubiy Koreya 165 ming muhojirga mehnat vizalari berish niyatida

 

Koreya kelgusi yili ko‘plab sohalarda ishchi kuchi yetishmovchiligi kuchayib borayotgani sababli Mehnatga ruxsat berish tizimi (EPS) bo‘yicha rekord darajadagi 165 ming mehnat muhojirini jalb qiladi

 

Hukumat, shuningdek, E-9 vizasiga ega xorijiy ishchilar ishlashi mumkin bo‘lgan sohalarni kengaytirib — restoran, tog‘-kon sanoati va o‘rmon xo‘jaligini ham qo‘shadi.

 

E-9 vizasi mehnatga ruxsatnoma tizimi (Employment Permit System - EPS) orqali qo‘lda va kasbiy bo‘lmagan ish bilan shug‘ullanishni istagan ishchilarga beriladi. Ushbu vizani 16 davlat, jumladan Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari olishlari mumkin.

 

Ishlab chiqarishda E-9 vizasi egalarining eng ko‘p soni — 95 000 ta, qishloq xo‘jaligi va chorvachilikda — 16 000 ta, xizmatlar ko‘rsatish sohasida — 13 000 ta, baliqchilikda — 10 000 ta, qurilishda — 6 000 ta va kemasozlikda — 5 000 ta bo‘ladi, qolgan 20 000 viza sohasidan qatʼi nazar taqsimlanadi, deb qo‘shimcha qildi vazirlik.

 

Janubiy Koreyaga E-9 vizasi bilan kirgan muhojirlar soni 2021 yilda 52 ming va 2022 yilda 69 ming bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda 120 mingga yetdi.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"