"Karlo ota"ga APLdan taklif tushdi
U "Real"dan ketadimi?

"Manchester Yunayted" "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga taklif bilan chiqdi.
Ayni paytda bosh murabbiy Erik ten Xag boshchiligidagi "Manchester Yunayted" 24 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. "Klub 3 ochko bilan Chempionlar ligasi guruhida oxirgi o'rinda bormoqda.
Anchelotti 2021-yildan beri "Real"ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Mutaxassis boshchiligida jamoa Ispaniya chempioni bo‘ldi, kubok, mamlakat Superkubogi, Chempionlar ligasi, futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.







