"Birinchi bo'lishni xohlasak ko'proq ishlashimiz kerak"
Mbappe "Nyukasl" bilan o'yindagi durangga munosabat bildirdi.

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yin natijasini sarhisob qildi.
“Chempionlar ligasi o'yinida bunchalik ko'p imkoniyatlarga ega bo'lib, gol ura olmaslik qanday ta'riflashni bilmayman. Bu tuzilma yoki tashkilot masalasi emas. Bu bizga tegishli. Ko'proq ishlashimiz kerak. Menda gol urish uchun imkoniyatlar bor edi va gol urishim kerak, bu aniq. Bizning ustun ekanligimizni hamma ko'rdi. Bizning maqsadimiz birinchi bo'lish. Dortmundda g'alabaga tayyorlanamiz", - dedi Mbappe.
Bugun tunda Chempionlar ligasi 2023/2024-yilgi mavsum guruh bosqichining 5-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda Fransiyaning "PSJ" hamda Britaniyaning "Nyukasl Yunayted" klublari to'qnash kelishdi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi.







