AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer 100 yoshida vafot etdi
Genri Alfred Kissinjer — AQSHning eng hurmatli siyosatchilardan biri edi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotining 1973 yilgi sovrindori.

Genri Alfred Kissinjer — AQSHning eng hurmatli siyosatchilardan biri edi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotining 1973 yilgi sovrindori.
U SSSR bilan Sovuq urush hamda Vyetnamdagi urush davrida AQSH hokimiyatining muhim lavozimlarida bo‘lgan. U 1980-yillarning boshlarida hokimiyatni tark etgan bo‘lsada, uning fikriga bugungi kungacha quloq solingan. U 100 yoshda edi.
Kissinjer nomi bilan «chelnok diplomatiyasi» tushunchasi (uchinchi davlat ishtirokida mojarolarni hal qilish) bog‘liq bo‘lib, u «Amerika tashqi siyosatining patriarxi» deb ham ataladi.







