"Arsenal" bu natijani qayd etgan birinchi jamoa bo'ldi
Kecha londonliklar "Lans" yirik hisobda mag'lub etdi.

Londonning “Arsenal” klubi Chempionlar ligasi tarixidagi birinchi taymda beshta gol urgan birinchi jamoa bo‘ldi.
Bir kun avval, “kanonirlar” “Emireyts” uy arenasida “Lans” bilan uchrashib, fransuzlar darvozasiga javobsiz oltita gol urishdi. Birinchi bo'limda Kay Haverts, Gabriel Jezus, Bukayo Saka, Gabriel Martinelli va Martin Odegor gol urishdi. Ikkinchi bo‘lim oxirida Jorginyo penaltidan gol urdi. Ushbu g‘alaba evaziga Mikel Arteta shogirdlari “B” guruhida 12 ochko jamg‘arib, Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘llanma oldi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining 2023/2024-yilgi mavsumi 13-turidan so‘ng “Arsenal” ikkinchi o‘rindagi “Manchester Siti”dan bir ochko farq bilan, birinchi o‘rinda bormoqda.







