"Bu haqiqiy jinnilik"
Skaloni Messining Argentina termasidagi faoliyati haqida gapirdi.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.
“Biz Messiga imkon qadar uzoqroq o'ynashni aytyapmiz. Jahon chempionatida g'alaba qozonib, futbolda o'z nomini abadiylashtirdi. U qachon faoliyatini yakunlashi noma'lum. Messi futbol maydonida baxtli. Uni yaqindan kuzatganingizda qanday zavqlanishini tasvirlash qiyin. Buni o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz kerak. Agar sizga mashg'ulotlarda nima qilishini aytsam, ishonmaysiz. Bu haqiqiy jinnilik", - dedi Skaloni.
Eslatib o'tamiz, Messi Argentina terma jamoasida 2005-yildan buyon o'ynab kelmoqda.







