"Messi yoki Ronaldu?"
Abbos kimga muxlislik qiladi?

SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi yoki Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldudan qaysi biriga muxlislik qilishi aytdi.
“Messi yoki Ronaldu? Albatta, Messi. Nega? O'yin uslubi yoqadi, - dedi Fayzullayev.
Eslatib o'tamiz, oktabr oyi oxirida Lionel Messi sakkizinchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. Parijda yil yakunlari bo'yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofot topshirildi. “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Argentina terma jamoasining Qatardagi jahon chempionatidagi g‘alabasi evaziga bunday sharafga sazovor bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati davomida besh marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lib, oxirgi marta bu sharafga 2017-yilda sazovor bo‘lgan edi.
Ma'lumot uchun, Fayzullaev joriy mavsumda SSKA safida 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







