Ramos 11 yillik rafiqasi bilan ajrashishga yaqin turibdi
Futbolchi u bilan 4 yil avval turmush qurgan.

"Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos va uning rafiqasi Pilar Rubio o'rtasidagi munosabatlar uzilish arafasida. Er-xotin 11 yildan beri ishqiy munosabatda. Ramos va Rubio 2019-yilda turmush qurishgan va to‘rt farzandi bor.
"Ularning ajralishi bir necha kunlik masala", - deya Ramos va Rubioga yaqin odamlarning so'zlarini keltiradi "El Desmark" nashri.
Bir necha kun oldin, er-xotinning ajrashishi haqida mish-mishlar tarqaldi, bu hozirda jamoatchilik tomonidan tasdiqlangan. Serxio yaqinda Lotin Grammy marosimida qatnashdi, lekin xotini o'rniga u singlisi Miriam bilan keldi. Pilar qaynonasining ham tug‘ilgan kunida bo‘lmagan.







