Parijliklar Messi va Neymardan qutilganiga xursand
Ular bilan bir jamoada o'ynash noqulay bo'lgan.

“PSJ” futbolchilariga Lionel Messi va Neymar bilan bir jamoada o‘ynash ancha noqulay bo‘lgan ekan.
Xabarlarga ko'ra, parijliklarning aksariyat futbolchilari Messi va Neymar ketganidan xursand bo‘lgan. 31 yoshli Neymar "PSJ" safida olti yil to‘p surdi. Poytaxt klubi braziliyalik hujumchini “Barselona”dan 222 million yevroga xarid qilgan va bu rekord ko‘rsatkich hali yangilangani yo‘q. Lionel Messi esa, "PSJ"da ikki yil to‘p tepdi. Bu yulduzlar jamoaga Yevropa Chempionlar ligasining bosh sovrinini taqdim eta olgani yo‘q.







