Jahon

Qozog‘istonda o‘quvchilarning dars vaqtida smartfondan foydalanishi taqiqlanmoqda

Deputatga ko‘ra, bola maktab davrida o‘qishi kerak. Chunki telefon bu jarayonga xalaqit beradi.

Qozog‘istonda o‘quvchilarning dars vaqtida smartfondan foydalanishi taqiqlanmoqda

 

Mamlakat parlamentining umumiy yig‘ilishida “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga taʼlim va murabbiylik masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

 

“O‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yuzaga kelgan yana bir masala o‘quvchilarning dars davomida telefondan foydalanishi bilan bog‘liq. Telefonni taqiqlash bo‘yicha aniq qonuniy cheklov yo‘q. Shu munosabat bilan, loyihaga dars vaqtida mobil telefonlardan foydalanishni cheklash bo‘yicha alohida qoida kiritildi”, — dedi deputat Asxat Aymag‘ambetov.

 

Majilis vakiliga ko‘ra, bola maktab davrida o‘qishi kerak. Chunki telefon bu jarayonga xalaqit beradi.

 

“Bizning taklif qilayotgan meʼyorimiz faqat dars vaqtida cheklanishi ko‘zda tutadi. Va o‘quvchining tanaffus paytida foydalanishiga hech qanday cheklov yo‘q. Dars paytida bolaning ijtimoiy tarmoqlarga qarashi to‘g‘ri emas. Agar o‘qituvchining dars ishlanmasida ayrim ilovalardan foydalanish talab etilsa, u holda innovatsion texnologiyalar maqsadida dars davomida smartfondan foydalanishga ruxsat beriladi. Xususan, umumtaʼlim maktablarida foydalanishda hech qanday cheklov yo‘q”, — dedi deputat.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"