Noyerning o'rniga kim keladi?
Myunxenliklar masalani hal qilmoqda.

"Bavariya" rahbariyati myunxenlik 37 yoshli darvozabon Manuel Noyerning uzoq muddatga o'rnini bosadigan darvozabonlar ro'yxatini tuzdi.
Manbaga ko'ra, Noyer o'rniga asosiy nomzodlar "Milan"ning 28 yoshli darvozaboni Mik Maynyan, Dortmundning "Borussiya" klubining 25 yoshli darvozaboni Gregor Kobel va "Shtutgart"ning 27 yoshli darvozaboni Aleksandr Nyubellardir.
Eslatib o'tamiz, 28-noyabr kuni Myunxen klubi Noyer bilan shartnomasini 2025-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirgan edi. Nemis darvozaboni “Bavariya”da 2011-yildan buyon o'ynab kelmoqda. Bu davrda darvozabon barcha turnirlarda 495 ta uchrashuvda qatnashib, 237 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.







