"Nyukasl" Lukakuga qiziqmoqda
Belgiyalik futbolchi ayni vaqtda erkin agent maqomida.

"Nyukasl " Italiyaning "Roma" klubida ijara asosida to'p surayotgan "Chelsi" hujumchisi Romelu Lukakuni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Xabarlarga ko'ra, inglizlar belgiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Nyukasl"ning maqsadi o'z jamoasining hujumiga ko'proq raqobat qo'shish.
Joriy mavsumda Lukaku "Roma"da bir yillik ijara asosida o'ynamoqda. Belgiyalik futbolchi barcha turnirlardagi 15 uchrashuvda 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining Londonning “Chelsi” klubi bilan shartnomasi 2026-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra futbolchining taxminiy narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, APLning 13-turidan keyin “Nyukasl” 23 ochkoga ega va chempionatda oltinchi o‘rinda bormoqda.







