Oltin narxi rekord darajada oshdi
Tahlilchilar bu jarayon davom etishini taxmin qilmoqda.

Kecha, 1-dekabr kuni oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun 2 075 dollargacha oshdi.
Tahlilchilar yil oxirigacha narxlar o‘sishda davom etishini taxmin qilishmoqda. Chunki global inflyatsiya pasaymoqda va bu markaziy banklarning foiz stavkalarini pasaytirishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, Rossiya va Ukraina, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushlar oqibati ham mavhumligicha qolmoqda. Bu esa investorlarni oltin xarid qilishga undayapti.





