Jahon

Hindiston: suv toshqini aholiga katta talafot yetkazmoqda

Tabiiy ofat tufayli halok bo'lganlar bor.

Hindiston: suv toshqini aholiga katta talafot yetkazmoqda

 

Hindiston janubida yoqqan kuchli yomg‘ir Chennay shahrining ayrim qismlarida suv toshqiniga olib keldi va ikki kishi halok bo'ldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi.

 

Huquq-tartibot idoralari maʼlumotlariga ko‘ra, noqulay ob-havo tufayli shaharda yaqinda qurilgan devor qulab tushgan, odamlar vayronalar ostida qolib ketgan.

 

“Ikki kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi”, — dedi politsiya.

 

Kuchli shamol va yomg‘ir uylarning vayron bo‘lishiga, elektr uzatish tarmoqlarining uzilishiga olib keldi. Shaharning ko‘plab yo‘llari va maydonlari suv ostida qolgan. Qutqaruvchilar suv bosgan hududlardan bir necha o‘nlab odamlarni evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi.

 

Chennay aeroportida samolyotlarning qo‘nishi va jo‘nashi bir necha soatga, shahar atrofidagi poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"