Jahon

Sayyoradagi eng keksa toshbaqa 191 yoshga kirdi

Buyuk Britaniyadagi orollarning birida yashovchi Jonatan ismli jonivor tarixdagi eng keksa toshbaqa hisoblanadi.

Sayyoradagi eng keksa toshbaqa 191 yoshga kirdi

 

Muqaddas Yelena (Buyuk Britaniya) orolida yashovchi Jonatan ismli ulkan toshbaqa hayotining 191 yilligini nishonladi. U tarixdagi eng keksa toshbaqa hisoblanadi.

 

Olimlarning fikriga ko‘ra, Jonatan taxminan 1832 yilda tug‘ilgan. Gap shundaki u 1882 yilda Seyshel orollaridan Muqaddas Yelenaga olib kelinganida  to‘liq yetuk edi, yaʼni ular 50 yoshida ana shunday yetuk bo‘ladi. Hattoki o‘sha payti u 50 yoshdan ham kattaroq bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday toshbaqalarning o‘rtacha umri 150 yil.

 

Ko‘p yillar davomida bu toshbaqani kuzatayotgan veterinar Jo Xollinzning aytishicha, Jonatanda “sekinlashuv” belgilari yo‘q. Toshbaqa hidni yo‘qotgan va katarakta bo‘lsada ko‘zlari ko‘radi, ammo uning ishtahasi aʼlo. Toshbaqaning ozuqasi vitaminlarga boy meva va sabzavotlarni o‘z ichiga oladi. Sevimli ovqatlari karam, bodring, sabzi, olma va boshqa mavsumiy mevalar. U, ayniqsa, bananlarni yaxshi ko‘radi, garchi ular og‘ziga yopishsa ham. U issiq kunlarda quyoshda toblanishni yaxshi ko‘radi, panjalarini qobig‘idan chiqarib yotadi, juda issiqda esa soyaga yashirinadi. Qishning sovuq kunlarida u o‘zini barglar yoki o‘rilgan o‘tlarga ko‘mib, kun bo‘yi yotadi.

 

"Jonatanning sog‘lig‘i yaxshi va hozirda barcha belgilar bizni uchinchi asrgacha yashashiga umid qilmoqda, balki uch asrni ko‘rishga ham ulgurgandir", — deydi  zoologlar.

 

Jonatan yana uchta ulkan toshbaqa bilan yashaydi  – 1969 yilda orolga kelgan va taxminan 55 yoshda bo‘lgan Devid va Emma hamda 1991 yilda keltirilgan  32 yoshga kirgan Frederik.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"