Disneyning 100 yilligi nishonlandi
Ushbu bayram koronavirus pandemiyasi paytida bekor qilingan 12-Parij paradi hisoblanadi.

Chili poytaxti Santyagoda “The Walt Disney” kompaniyasining 100 yilligiga bag‘ishlangan Rojdestvo paradi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir nafaqat bolalar, balki kattalarning ham quvonchiga sabab bo‘ldi. Aholi Mikki Maus va Donald Dak kabi Disney qahramonlari tasvirlangan bahaybat sharlarni ko‘rish uchun Santyagoning asosiy xiyobonlariga to‘planishdi.
Bolalar va kattalar multfilm qahramonlarini juda yuqori kayfiyat bilan kutib olishdi. Maʼlumot o‘rnida, ushbu bayram COVID-19 pandemiyasi paytida bekor qilingan 12-Parij paradi hisoblanadi.







