Italiyadagi taqdirlash marosimiga "Milan" hujumchisi Leau yubka kiyib keldi
U yilning ramziy terma jamoasiga kiritilgan.

"Milan" hujumchisi Rafael Leau Italiyada bo'lib o'tgan "Gran Gala del Calcio 2023" taqdirlash marosimida yubka kiydi.
"Gran Gala del Calcio 2023" — Italiyadagi 2022/2023-yilgi mavsum yakunlarini sarhisob qiladigan futbol tadbiridir. “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhen eng yaxshi futbolchi deb topildi, marosimga noodatiy libosda kelgan “Milan” forvardi esa yilning ramziy terma jamoasiga kiritildi.
Leau "Milan"da 2019-yilda Fransiyaning "Lill" klubidan Italiya klubiga o'tgandi. Joriy mavsumda 24 yoshli portugaliyalik futbolchi A Seriyada 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'tgan mavsumda Rafael 35 ta o'yinda 15 ta gol urgan.







