Italiyaliklar Myullerni sotib olmoqchi
Futbolchining shartnomasi yaqinda tugaydi.

Germaniyaning "Bild" nashri xabar berishicha, "Milan" "Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myullerga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Agar nemis klubi rahbariyati klub faxriysi bilan shartnomani uzaytirishni istamasa, “rossoneri” futbolchini erkin agent sifatida olishga harakat qiladi.
Joriy mavsumda barcha turnirlarda hujumchi 15 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tomas butun professional faoliyati davomida "Bavariya"da o'ynagan. Klub bilan birgalikda 12 karra Germaniya chempioni va ikki karra Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi.







