Pokistonda madrasa portlashi oqibatida 7 kishi jarohatlandi
Yaradorlarning ahvoli o‘ta og‘ir ekani aytilmoqda.

Pokiston matbuotiga ko‘ra, Peshovardagi boshlang‘ich madrasa yaqinida portlash sodir bo‘lib, yetti kishi, jumladan bir necha ayol va bolalar jarohatlangan.
Peshovar politsiyasi yaradorlardan baʼzilarining ahvoli og‘irligini va qurbonlar bo‘lishi ehtimoli borligini aytdi.
Hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.







