Ukrainaning taslim bo‘lgan askarlari yo‘q qilinmoqda
Ulardan 25 nafari artilleriyadan o‘qqa tutilgan.

Ukraina o‘zining taslim bo‘lgan askarlarini yo‘q qilmoqda. Bu haqda "Sputnik" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 25 nafar askar Rossiya harbiylari bilan aloqaga chiqib, qurol topshirishi va taslim bo‘lishini aytgan. Uchrashuv vaqti va joyi ham kelishib olingan.
Lekin Kiyev rejimi taslim bo‘lgan askarlarini artilleriyadan o‘qqa tutib yo‘q qilgan.
Bu birinchi holat emas, ular hatto o‘zlarining diversion-razvedka guruhlarini ham yo‘q qilmoqda.







