Feliks uchun 50 million yevro to‘lashmoqchi emas
U Madridga qaytadimi?

“Barselona” futbol klubi rahbariyati “Atletiko”ga portugaliyalik hujumchi Joau Feliks transferi uchun katta miqdorda tovon to‘lamoqchi emas.
Manba bergan xabarga ko‘ra, "Barselona" futbolchining faoliyatini klubda davom ettirishini istamoqdi. Biroq, kataloniyaliklar portugaliyalik uchun 70-50 million yevro to‘lashni istashmayapti.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum "Barselona" safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Uning Madridliklar bilan 2027-yilga qadar bo‘lgan shartnomasi bor.







