Bryussel markazida otishma yuz berdi
Oqibatda 4 kishi jarohatlangan.

Bryusseldagi Iksel kommunasi politsiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni kechqurun Belgiya poytaxti markazida otishma sodir bo‘lgani, oqibatda to‘rt kishi jarohatlangani xabar qilinmoqda.
Mahalliy OAV maʼlumotlariga ko‘ra, otishma mahalliy vaqt bilan soat 19:30da Tuazon d‘Or avenyuda boshlangan.
Yaradorlardan biri «Toison d‘Or» galereyasi yaqinida, ikkinchisi «Apple Store» yaqinida, uchinchisi esa Ryu de Shevalye ko‘chasida topilgan.
“Soat 19:30 atrofida bizga Avenyu de la Toison d‘Or ko‘chasida otishma bo‘lgani haqida xabar berildi. Politsiya zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Uch nafar yarador bor. Hodisa perimetri o‘rnatildi. Biz kelganimizda jinoyatchilar allaqachon qochib ketishgan. Voqea joyida bir nechta tez yordam mashinalari ishlamoqda. Tergov jarayoni olib borilmoqda", — deb tasdiqladi Bryussel politsiyasi vakili Ilza Van de Kir.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, bu terakt emasligi, balki mahalliy guruhlar, jumladan, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar ishtirokida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Iksel meri Xristos Dulkeridis ham voqea joyida bo‘lgan va jurnalistlarga voqea mahalliy narkotik bilan bog‘liq jinoiy guruhlar o‘rtasida bo‘lganini tasdiqlagan.







