Jahon

Eron Sulaymoniy o‘limi uchun AQSHdan katta miqdorda tovon puli talab qildi

Eron sudi bu bo‘yicha qaror chiqardi.

Eron Sulaymoniy o‘limi uchun AQSHdan katta miqdorda tovon puli talab qildi

 

Eron sudi mamlakat armiyasi maxsus kuchlari qo‘mondoni, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun AQSHdan tovon puli undirilishi haqida qaror chiqardi. 

 

"Qo‘shma Shtatlar va yana 41 nafar jismoniy va yuridik shaxs general Qosim Sulaymoniy o‘limi bilan bog‘liq jinoyatlar tufayli 49 milliard 770 million dollar to‘lashga majbur bo‘ldi", — deb sud qaroridan iqtibos keltirdi IRNA. 

 

AQSH rasmiylarining bu daʼvoga munosabati hozircha maʼlum emas. 

 

Maʼlumot uchun: Eronlik general Qosim Sulaymoniy va Iroq shia militsiyasi rahbari o‘rinbosari Abu Mahdiy al-Muhandis 2020 yil 3 yanvarga o‘tar kechasi AQSH tomonidan Bag‘dod aeroporti hududida uyushtirilgan operatsiya oqibatida halok bo‘ldi. Vashington ularni 2019 yil 31 dekabr kuni Bag‘doddagi AQSH elchixonasiga hujum uyushtirishga aloqador deb hisoblagan. Bunga javoban Eron Amerikaning Iroqdagi bazalariga qarata raketa hujumlarini uyushtirgan edi. 

 

Sulaymoniy o‘limidan so‘ng Eronda uch kunlik milliy motam eʼlon qilindi. General o‘zi tug‘ilib o‘sgan Karmon shahrida dafn etilgan.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"