"Siti" to'rtta o'yindan beri APLda g'alaba qozona olmayapti
Bunga sabab nima?

Angliya premyer-ligasining 15-turida “Manchester Siti” “Aston Villa”ga qarshi safardagi uchrashuvda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu mankunianliklar uchun qatorasiga to‘rtinchisi g'alabasiz seriyaga aylandi.
Avvalgi uchta o‘yinda “Manchester Siti” 12-noyabrda “Chelsi” bilan mehmonda (4:4), 25-noyabrda “Liverpul” bilan (1:1) va 3-dekabrda “Tottenhem” bilan (3:3) durang o‘ynagandi. Shu tariqa, jamoa oliy liganing so‘nggi to‘rtta uchrashuvidan so‘ng uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Angliya chempionatidagi so'nggi to'qqizta uchrashuvda "Manchester Siti" faqat uchtasida g'alaba qozongan. Jamoa turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Klub 15 uchrashuvda 30 ochko jamg‘argan.







