Jahon

Toqayev qozoq tilini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘z hisobidan pul ajratdi

Davlat rahbari qozoq tilidagi OAV va bosma mahsulotlarni ko‘paytirish, o‘qitish uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ham topshiriqlar berdi.

Toqayev qozoq tilini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘z hisobidan pul ajratdi

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qozoq tilini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘z hisobidan 7 mln tenge ajratdi

 

QAZAQ TILI Endowment Qory jamg‘armasi rahbari, jamoat arbobi Rauan Kenjexanulining aytishicha, endaument-fondning anʼanaviy jamg‘armalardan farqi shundaki, ajratilgan mablag‘lar sarflanmaydi – ular boshqariladi va investitsiya qilinadi.

 

"Ushbu investitsiyalardan tushgan mablag‘lar benefitsiar tashkilotning maqsadlariga erishish uchun ishlatiladi. Bunday maqsadli kapitalga ega jamg‘armalar butun dunyoda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan taʼlim va davlat muassasalarining uzoq muddatli faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun keng qo‘llanadi," — dedi Kenjexanuli.

 

Davlat rahbari «Qozoq tili» hamjamiyatiga qozoq tilidagi ommaviy axborot vositalari va bosma mahsulotlarni ko‘paytirish, o‘qitish uslublarini takomillashtirish, o‘qish savodxonligi va yozish madaniyatini yuksaltirish, qozoq tilini mustahkamlash uchun zamonaviy texnologik yechimlarni keng joriy etish kabi qator loyiha va tadbirlarni amalga oshirish hamda qozoq tilida foydalanuvchilar hamjamiyatini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"