Jahon

Armaniston va Ozarbayjon yarashmoqchi

Ikki davlat tinchlik shartnomasini imzolash niyatida.

Armaniston va Ozarbayjon yarashmoqchi

 

Armaniston TIV rahbari Ararat Mirzoyan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning taklifiga binoan Vashingtonda ozarbayjonlik hamkasbi Jayhun Bayramov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasida tinchlik bitimini o‘rnatishga tayyorligini maʼlum qildi.

 

Ararat Mirzoyan AQSH Davlat departamentining Kavkaz masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luis Bono bilan uchrashuvda bunga rozi bo‘lganini aytdi.

 

"Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka oid masalalarni muhokama qildi. Armaniston AQSHning Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan Vashingtonda uchrashuv o‘tkazish taklifiga ijobiy munosabat bildirdi", — deyiladi xabarda.

 

Yaqinda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti administratsiyasi va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri devoni qo‘shma bayonot berib, ikki davlat o‘z munosabatlarini tartibga solish va suverenitet, hududiy yaxlitlik hamda tinchlik tamoyillari asosida tinchlik kelishuviga erishish niyatida ekanini tasdiqladi. Kelishuv doirasida Boku 32 nafar armanistonlik harbiyni, Yerevan esa ikki nafar ozarbayjonlik harbiyni ozod qiladi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni oshirishga harakat qiladi. Bu, shubhasiz, Janubiy Kavkaz mintaqasiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

Muzokaralar natijasida ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash bo‘yicha uchta asosiy yo‘nalishni o‘z zimmasiga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Kecha Ozarbayjon TIV Armanistonni tinchlik bitimini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarni yangilashga chaqirgan edi.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"