Futbolchi va murabbiylar o'rtasidagi dahshatli to'qnashuvlar
Ularning oqibati qanday yakunlangan?

Futbol tarixida ziddiyatli vaziyatlar juda ko'plab uchraydi. Biroq, bugun biz o'tmishda futbolchilar va murabbiylar o'rtasida yuzaga kelgan janjalli vaziyatlar haqida so'z yuritmoqchimiz.
Viktor Valdes (“Barselona”) va Joze Mourino (“Inter”)
2010-yilda “Inter” safarda “Barselona”ni 0:1 hisobida mag‘lub etdi va Chempionlar ligasi finaliga chiqdi (keyinchalik “Bavariya” ustidan g‘alaba qozondi). Jamoaning o'sha vaqtdagi murabbiyi Mourinyo xursand bo‘lib, final hushtagi yangraganidan so‘ng maydon bo‘ylab yugurib o‘tib, o‘z g‘alabasini nishonladi va tribunaga ishora qildi. "Barsa" o'yinchilari bunday holatga jim qarab turisholmadi va Valdez murabbiyni tinchlantirish uning yoniga keladi va katta janjalni keltirib chiqaradi.
Krishtianu Ronaldu ("Real Madrid") va Pep Gvardiola ("Barselona")
"Barselona" 2010-yilda El Klasikoda Madrid darvozasiga beshta gol urdi va bironta gol o'tkazib yubormadi. Dahshatli kechgan bahsning epizodlaridan birida Gvardiola to‘pni egallab oladi va Krishtianu unga qarab yo‘l oladi. To'pni portugaliyalik futbolchiga berish o'rniga Pep uni shunchaki Ronalduning yoniga tashlaydi. Krish murabbiyning bolalarcha xatti-harakatidan jahli chiqib, uni turtib yuboradi. Keyin Viktor Valdes, Andres Inyesta va Pedro portugaliyalik hujumchining nohaqligini isbotlash uchun borishadi. Bu tortishuvga esa Serxio Ramos, Pepe va Marselo aralashadi. Bir necha yil o'tgach, Pep Krishtianuni maqtadi va hech qanday ziddiyat yo'qligini ma'lum qildi.
Jennaro Gattuzo (“Milan”) va Jo Jordan (“Tottenhem”)
Bu murabbiyning ismi sizga notanish bo'lishi aniq. U 2011-yilda Garri Rednappning shtabida ishlagan. Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Tottenhem” jamoasi “Milan” bilan bellashadi va “San-Siro”da Jennaro Gattuzo haddidan oshib ketadi. Ikkinchi bo‘limda italiyalik futbolchi Jo Jordanning tomog‘idan ushlab oladi. Final hushtagidan so‘ng yana unga tashlanadi va yuziga bosh bilan zarba beradi. UEFA shundan so'ng futbolchini 5 o'yinga yevrokuboklardan chetlatish bilan jazolaydi, Milan klubi esa umuman e'tiroz bildirmaydi. Keyinchalik Gattuzoning o'zi bu ishidan pushaymon ekanini ma'lum qiladi.
Luis Suares (“Liverpul”) va Devid Moyes (“Everton”)
Suares ko'pincha uni jahlini chiqarish katta xato ekanligini ko'rsatib kelgan. 2012/2013-yilgi mavsumda "Everton" bosh murabbiyi bunga shaxsan ishonch hosil qilgan, negadir Mersisayd derbisi (2:2) oldidan u urugvaylik futbolchini yomon o'yinchi deb atagan. So'ngra o'yinda hujumchi raqib darvozasiga gol uradi va uni nishonlash uchun Moyesning qarshisiga nishonlash uchun yuguradi. Qiziq, Moyes Luisning qilgan ishidan jahli chiqmagan. O'yindan keyingi flesh-intervyuda "Everton" ustozi "Bu ajoyib bo'ldi" - degan. Hamda agar u futbolchining o'rnida bo'lganida xuddi shunday qilgan bo'lardim, deb qo'shimcha qiladi.
Mario Balotelli ("Adana Demirspor") va Sergen Yalchin ("Beshiktosh")
Mario Balotellining xatti-harakati har doim absurd va oldindan aytib bo'lmaydi. “Beshiktosh” darvozasiga urilgan golni nishonlashda ham intriga yuzaga keladi, chunki jamoa bosh murabbiyi Sergen Yalchin Mario haqida jiddiy so'zlarni gapirgandi. 2022-yil sentabr oyida hisob 1:3 bo‘lganida Balotelli zaxiradan maydonga tushadi va "Adana"ning ikkinchi golini uradi, shundan keyingina “Beshiktosh” murabbiylar o‘rindig‘iga yugurib boradi va barmoqlarini chakkalariga ishora qiladi. Shu tariqa Balotellining gollari sabab hisob 3:3 ga yetadi. O'yindan keyin Yalchin Mario bilan gaplashish uchun boradi, ammo ular kelisha olmaydi.
Lionel Messi (Argentina terma jamoasi) va Lui van Gal (Gollandiya terma jamoasi)
Argentina va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2022 chorak finali oldidan Lui van Gal keskin bayonot bilan chiqadi: “Messi – golli vaziyat yaratuvchi va gol ura oladigan eng xavfli kreativ futbolchi. Biroq, jamoasi to'pni yo'qotib qo'ysa, u o'yinga unchalik aralasholmaydi, bu bizga ko'proq imkoniyat beradi. Messini qanday to'xtatamiz? Siz hamma narsani o'zingiz ko'rasiz." Biroq, o'yinda biz buni ko'rmadik. Leo ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida penaltidan gol urdi va Van Galga qarshi qo‘llarini qulog‘iga qo‘yib nishonladi. Murabbiy esa bunga qarshi hech qanday fikr bildirmadi.
Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti") va Mikel Arteta ("Arsenal")
Bu shunchaki o'yindagi oddiy epizodlaridan biri, ammo uni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. De Bryuyne va Arteta "Manchester Siti"da birga ishlagan. 2023-yilning fevral oyida bo'lib o'tgan o'yinning ikkinchi bo‘limi boshida belgiyalik futbolchi to'pni maydonga tushirmoqchi bo‘ladi, biroq ispaniyalik murabbiy to‘pni undan uzoqlashtirib yuboradi. Mikel o‘yin qanday yakunlanishini taxmin qilgan bo‘lsa kerak: sababi bahsda Kevin gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi, “Arsenal” esa o‘z uyida 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.







