"Barsa" Feliks va Kanseloni olib qolmoqchi
Bu haqda klub prezidenti ma'lum qildi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi himoyachi Joau Kanselo va vinger Joau Feliksni joriy mavsum yakunida ijara shartnomasi tugagach, jamoada saqlab qolish niyatida ekanini aytdi.
"Kanselo va Feliks bizga qo'shilganidan beri yuqori saviyada o'ynashmoqda. Klub ularni keyingi mavsumlarda saqlab qolishi mumkin. Biz yaqin vaqt ichida bu futbolchilar bo'yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqdamiz, chunki biz "Manchester Siti" bilan ham, "Atletiko" bilan ham yaxshi munosabatlarga egamiz", - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda “Barselona” Kanselo uchun 15 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan pul to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘z navbatida, “ko‘k-anorranglilar” Feliks uchun 30-40 million yevro mablag‘ sarflashga tayyor.







