Jahon

Falastin ma’muriyati HAMASni kichik hamkor sifatida qabul qilmoqchi

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Muhammad Shtayeh ma’lum qildi.

Falastin ma’muriyati HAMASni kichik hamkor sifatida qabul qilmoqchi

 

Gʻarbiy Sohilning bir qismini boshqaradigan Falastin ma’muriyati urushdan keyin Gʻazoni kim boshqarishi haqida AQSH bilan maslahatlashmoqda va HAMASni tashabbusda kichik hamkor sifatida qabul qilishga tayyor. Bu haqda bosh vazir Bloomberg nashriga ma’lum qildi. 

 

Falastin ma’muriyati bosh vaziri Muhammad Shtayehning aytishicha, u HAMAS Falastin Ozodlik Tashkilotining kichik hamkori bo‘lishi variantini afzal ko‘radi.

 

Shtayehning so‘zlariga ko‘ra, bu koalisiya Gʻarbiy Sohil, Gʻazo sektori va Sharqiy Quddusni o‘z ichiga olgan Falastin davlatini qura oladi.

 

Falastin Ozodlik Tashkiloti FATH partiyasi boshchiligidagi bir qancha Falastin tashkilotlarining ittifoqidir. Ittifoq Gʻarbiy Sohilning ayrim qismlarida fuqarolik boshqaruvini amalga oshiradi.

 

HAMAS 2007 yilda Gʻazo sektorida hokimiyatni qo‘lga kiritib, FATH vakillarini qisman haydab, qisman yo‘q qilgan. Bungacha HAMAS Falastin ma’muriyatining (rasman Falastin milliy ma’muriyati) parlament saylovlarida g‘alaba qozonadi va bu ikki yetakchi kuch tinch yo‘l bilan hokimiyatni taqsimlay olishmagan.

 

"Agar HAMAS kelishuvga erishishga va ittifoqning siyosiy platformasini qabul qilishga tayyor bo‘lsa, muzokaralar uchun sharoit bo‘ladi. Falastinliklar bo‘linmasligi kerak”, — deydi Muhammad Shtayeh.

 

Gʻarbiy Sohildagi Falastin bosh vazirining fikricha, Isroilning urushdagi HAMASni to‘liq mag‘lub etish maqsadi noreal.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"