Tuxel Arauxo bilan telefon orqali bog'landi
U futbolchini Germaniyaga olib kelmoqchi.

Bir kun avval “Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel “Barselona” himoyachisi Ronald Arauxoga qo‘ng‘iroq qilib, futbolchini Myunxen klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi.
Manbaga ko'ra, ushbu telefon suhbatida myunxenliklar sport direktori Kristof Freund ham ishtirok etgan. Tuxel urugvaylik himoyachiga uning jamoaga kerakligini va kelayotgan qishda uni "Bavariya"ga o'tkazishga qiziqayotganini aytdi. Biroq germaniyalik mutaxassis Arauxoni 2024-yilning yozida sotib olish varianti ham maqbul variant ekanligini takidladi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum boshida "Bavariya" ushbu pozitsiyada o'yinchilari jarohat olgani uchun himoya chizig'ini to'ldirishda muammolarga duch kelgandi.







