"Bizning maqsadimiz chempionlikni qo'lga kiritish"
"Liverpul" darvozaboni Alison jamoasining asosiy maqsadi haqida gapirdi.

"Liverpul" darvozaboni Alison Bekerning aytishicha, mersisaydliklar klubining maqsadi joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida g'olib chiqish.
“Biz uchun har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish juda muhim. Maqsadimiz chempionlikni qo'lga kiritish. Lekin biz mustahkam turishimiz va o'yindan o'yinga oldinga intilishimiz kerak. Keyingi o'yin biz uchun eng muhimi. Biz buni o'tmishda Angliya chempionatida g'alaba qozonganimizda ham qilganmiz", - dedi Alison.
Joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining 16-turidan so‘ng “Liverpul” chempionatda birinchi o'rinda bormoqda.







