Kazemiro mashg‘ulotlarga qaytdi
U "Bavariya" va "Liverpul"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.

"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Kazemiro jarohatidan tiklanib, jamoa mashg‘ulotlariga qaytdi.
31 yoshli braziliyalik futbolchi oktabr oyidan buyon "Manchester Yunayted" safida maydonga tushmayotgandi. U Braziliya milliy jamoasi safida jarohat olib, tiklanish jarayonini o‘tkazayotgandi.
Kazemiro yakshanba kunidan jamoa mashg‘ulotlariga qaytgan. Qayd etilishicha, u seshanba kuni YeCHL 6-turi doirasidagi "Bavariya" va yakshanba kungi APL doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yin qaydnomasidan joy oladi.
Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni "Enfild"da o‘tadigan uchrashuvni manchesterliklar sardori Brunu Fernandesh diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi.







