Sport

"Barsa"ning tarixiy mag'lubiyati

“Jirona” ilk bor kataloniyaliklar ustidan zafar quchdi.

"Barsa"ning tarixiy mag'lubiyati

 

"Jirona" - bu La Liga mavsumining asosiy sensatsiyasi. U "Real" bilan o'yinda yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi, ammo "Barselona" bilan bahsda jamoa boshqa darajada o'ynadi. 12-daqiqada Kristensen xatoga yo'l qo'ydi va "Jirona" qarshi hujumni boshladi va hisobni ochdi. Penada jamoani qutqarish uchun hech qanday imkoniyat yo'q edi (Ter Shtegen jarohati tufayli safdan chiqqan).

 

"Barsa" oldingi turda "Atletiko" bilan o'yinda ajoyib g'alabani qo'lga kiritgandi. O'shanda Xavi jamoasida hech qanday kamchilik yo'qdek edi, faqat Levandovskini hisobga olmaganda. Ammo hamma narsa butunlay teskari bo'lib chidi. Uchrashuvda Robert burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi va hisobni tenglashtirdi. Bu "Jirona"ning standartdan o'tkazib yuborgan beshinchi goli bo'ldi.

 

“Barselona” kam vaziyatlar yaratdi deyish mumkin emas, lekin hal qiluvchi daqiqalarda Feliks, Rafinya yoki Kanselo xatoga yo'l qo'ydi. "Jirona" juda oddiy o'ynadi. Bir mahal "Barselona" kutilmagan holatda gol o'tkazib yubordi. Gutyerres maydon markazida to'pni qabul qilib oldi va qarshiliksiz raqib jarima maydonchasigacha yetib bordi. Hamda ichkariga kirishi bilan yaqin burchakni nishonga oldi. 

 

Tanaffusdan keyin "Barselona" haqiqatdan ham amaldagi chempionga o'xshardi. "Jirona"ning imkoniyatlari deyarli yo'qoldi va mezbonlar tom ma'noda raqiblarini jarima maydonchasiga qamab qo'yishdi. 65-daqiqada Xavi uchta almashtirishni amalga oshirdi. Har ikki qanot himoyachilari (Rafinya va Feliks), shuningdek, uchrashuv boshida xatoga yo'l qo'ygan Kristensen maydonni tark etishdi. Yamal, Torres va Balde maydonga tushishi bilan jamoa pressingni davom ettirdi va aynan zaxiradan maydonga tushgan futbolchi gol urdi. Gap faqat “Jirona” hujumchisi Valeriy haqida ketmoqda. 

 

90-daqiqaga kelib hisob qisqardi. Ammo Gyundo‘g‘anning golidan so‘ng “Barselona” uchinchi golni ura olmadi. Bundan biroz vaqt o'tib klub to'rtinchi golni o'tkazib yubordi. Shu tariqa "Jirona" tarixda ilk bor "Barselona"ni mag'lub etdi va "Real"dan ikki ochko farq bilan birinchi o'ringa chiqib oldi. 

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"