Ronaldu Holandga yetib oldi
U 2023-yilda eng ko'p gol urgan.

“Al Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2023-yildagi 50-golini urdi. 38 yoshli portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni Qirol kubogi chorak finalida “Ash-Shabab” darvozasiga gol urdi.
Shu tariqa, Ronaldu klub va terma jamoa safida 49 tadan gol urgan hujumchilar Harri Keyn va Kilian Mbappeni ortda qoldirdi va hujumchi Erling Holandga (50 ta gol) yetib oldi.
“Al-Nasr” “Ash-Shabab”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi va turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Al-Nasr”da 2023-yilning yanvaridan buyon to‘p surmoqda.







