“Barselona” Onanani sotib olmoqchi
U ayni vaqtda APLda to'p surmoqda.

“Barselona” mutasaddilari tarkibni kuchaytira oladigan futbolchini Angliya Premyer-ligasidan topdi.
Jurnalist Fernando Poloning yozishicha, kataloniyaliklar “Everton” vakili Amadu Onanani Ispaniyaga taklif qilmoqchi. Onananing maydondagi asosiy pozisiyasi tayanch hududi hisoblanadi. Bundan tashqari, iste’dodli futbolchi himoya markazi yoki markaziy yarim himoyachi vazifasini ham bajara oladi.
22 yoshli Amadu Onana Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 50 million yevroga baholanmoqda.
Bu futbolchi xalqaro maydonda Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda va hozirgacha to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushgan.







