Pirs Morgan Ten Xagni Chempionlar Ligasidagi natijasi bilan "tabrikladi"
"Manchester Yunayted" tarixiy natija qayd etdi.

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan "Manchester Yunayted"ning Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o'yinlarini kinoya bilan sarhisob qilib, jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagni yana bir bor tilga oldi.
"Erik ten Xagni rekordni yangilagani bilan tabriklaymiz - "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi guruh bosqichida 15 ta gol o'tkazib yuborgan tarixdagi birinchi ingliz jamoasiga aylandi", - dedi yozdi Morgan.
“Manchester Yunayted” YeCHL guruh bosqichining 6-turi doirasida o‘z maydonida “Bavariya”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoa to‘rt ochko jamg‘arib, “A” guruhda “Bavariya” (16 ochko), “Kopengagen” (8) va “Galatasaroy” (5) dan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi. "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi guruh bosqichida o'tkazib yuborilgan gollar bo'yicha APL klublari orasida antirekord o'rnatdi.







