Jahon

Qozog‘iston: Temirtauda asosiy suv taʼminoti muzlab qoldi

Oqibatda, shaharning sharqiy qismi ichimlik suvisiz qolgan.

Qozog‘iston: Temirtauda asosiy suv taʼminoti muzlab qoldi

 

Qozog‘istonning Temirtau shahridagi asosiy suv taʼminoti tizimi anomal sovuq sabab muzlab qoldi. Maʼlum qilinishicha, shaharning sharqiy qismi ichimlik suvisiz qolgan. Taʼmirlash brigadalari quvurlarni isitishga harakat qilmoqda. 

 

Quvurning 20 metrga yaqin qismi muzlab qolgan.

 

Fotosuratda isitish magistralidagi kuchlanishning oqibatlari ko‘rsatilgan.

 

Oxirgi kunlarda Qozog‘istonda kuzatilayotgan g‘ayritabiiy sovuq sabab kommunal xizmatlarda ham turli avariyalar sodir bo‘lmoqda. Xususan, 9 dekabr kuni tunda Balxash va Aqtau shaharlarida issiqlik taʼminoti tarmoqlaridagi uzilishlar tufayli ayrim uylar issiqliksiz qolgan, Atirauda esa muzlama sabab suv olish inshootlari to‘xtab qolgan va uylarga suv yetkazib berishda muammolar yuzaga kelgan.

 

Shuningdek, Ekibastuz IESda kul quvurida ham nosozlik kuzatilgan. Oqibatda, issiq suv qozon sexi va qozon nasos stansiyasi suv ostida qolgan.

 

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"