“Barsa” Xavi o‘rniga boshqa murabbiy topdi
Uning o'rnini “Jirona” murabbiyi egallashi mumkin.

“Jirona” bosh murabbiyi Anxel Michel “Barselona” ustozi Xavi Ernandes o‘rnini egallaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Jirona”ni Ispaniya chempionatining yetakchilari qatoriga qo‘shgan Michelning agentlari Kataloniya klubi mutasaddilari bilan oktabr oyidan beri uch marotaba uchrashgan.
Agar murabbiy faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermasa, kataloniyaliklar keyingi mavsum oldidan jamoani Michelga topshiradigan bo‘lyapti.
Agar “Barselona” o‘yinida mavsum oxirigacha pasayish kuzatilib, Xavi Ernandes iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, asosiy tarkibni yoshlar jamoasida ishlayotgan Rafa Markes vaqtincha boshqarib turadi.







