“Real” masalani o'rtaga tashladi
Mbappega qaror qabul qilishi uchun oxirgi muddat belgilandi.

Madridning "Real" klubi "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening transferi bo'yicha qaror qabul qilish muddatini belgiladi. "Qirollik klubi" 2024-yilning 15-yanvarigacha javob kutishga tayyor.
Manbaga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati yangi yil boshida o'z shartnoma taklifini futbolchining atrofidagilarga yuboradi.
Fransiyalik futbolchi yiliga 35 million yevro maosh oladi, bu esa futbolchini "Real Madrid" futbolchilari orasida eng yuqori maosh oladigan futbolchiga aylantiradi. Madrid klubi, shuningdek, Mbappega o'z imidjidan maydon tashqarisida foydalanish huquqini beradi, bu "Real Madrid" uchun noyob holat.







