Jahon

Zelenskiy YI rahbarlarini Yevropaga nisbatan ishonchga "xiyonat qilmaslikka" chaqirdi

Uning fikricha, Ukraina Yevroittifoqqa aʼzo bo‘lish uchun zarur shartlarni bajargan.

Zelenskiy YI rahbarlarini Yevropaga nisbatan ishonchga "xiyonat qilmaslikka" chaqirdi

 

Zelenskiy bu haqda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘lishi va unga 50 milliard yevro ajratish masalasi ko‘rib chiqilayotgan sammitda videokonferensiya orqali qilgan nutqida aytdi.

 

"Bu kun tarixda qoladi. Biz uchun yaxshi yoki yomon bo‘ladimi, tarixda hammasi qayd etiladi. Har bir so‘z, har bir qadam, har bir harakat va harakatsizlik. Kim nima uchun kurashgani. Yevropa qatʼiyatsizlikka tushib qolmasligi juda muhim. Bugun hech kim Yevropani ishonchsiz yoki o‘zi tayyorlagan qarorlarni qabul qilishga qodir emas deb hisoblanishini istamaydi", — deya Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian.

 

Uning fikricha, Ukraina Yevroittifoqqa aʼzo bo‘lish uchun zarur shartlarni bajargan.

 

"Biz vaʼda qilingan yechim haqida gapiryapmiz. Men hech qanday qarshi dalillarni eshitmadim, nega biz butun Yevropa kelishib olgan rejani amalga oshirmaymiz? O‘tgan yili Ukraina qanday qilib oldinga harakat qilish bo‘yicha aniq tavsiyalar oldi. Asosiy qonunlar qabul qilindi. Hammangiz biz barcha majburiyatlarni bajarganimizni yaxshi bilasiz", — deya taʼkidladi Ukraina Prezidenti.

 

U Yevropani o‘z vaʼdalarini bajarishga chaqirdi.

 

"Bugun sizdan bir narsani so‘rayman, xalqqa va ularning Yevropaga ishonchiga xiyonat qilmang. Agar Yevropaga hech kim ishonmasa, Ittifoqning omon qolishiga nima yordam beradi? Agar Moskva Bryusseldan Ukrainaga nisbatan salbiy munosabatga ishora olsa, bundan Yevropadagilar hech qanday foyda ko‘rmaydi. Ukraina bilan bog‘liq vaziyatdan Putin, ehtimol, shaxsan sizga va butun Yevropaga qarshi foydalanadi. Unga ushbu yildagi birinchi va yagona g‘alabasini qozonishiga imkon bermang. Yevropa g‘alaba qozonishi kerak, kelishuvlar hurmat qilinishi kerak, va so‘zlar ahamiyatli bo‘lishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

custom img

Tramp Kamala Xarrisni yana prezidentlikka nomzod ko‘rsatishni taklif qildi

U Xarrisning Bayden ma’muriyatidagi faoliyatini, jumladan, chegara siyosatidagi rolini tanqid qildi.

custom img

Kolumbiyada kon portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Tekshiruvdan avval konda xavfsizlik talablari buzilgani aniqlangan va uning faoliyatini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilgan.

custom img

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini AQSh hududi sifatida e’lon qilmoqchi

Eron esa Vashingtonning bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatishiga qarshi ekanini bildirdi.

custom img

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

7,7 magnitudali zilziladan so‘ng 6,2 magnitudagacha bo‘lgan takroriy silkinishlar qayd etildi.

custom img

Ispaniyada quyosh tutilishini kuzatgan 500 dan ortiq kishi shifokorga murojaat qildi

Fuqarolar bosh aylanishi, holsizlik, yengil jarohatlar va ko‘zlardagi noqulayliklardan shikoyat qilgan.

custom img

Rossiyada migrantlar soniga cheklov joriy etish taklif qilindi

Shuningdek, migrantlarning ishlamaydigan yoki o‘qimaydigan oila a’zolari uchun kirish va yashash cheklovlarini joriy etish masalasi ham ko'rib chiqilmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yirik neft kompaniyalari foydasi 57 foizga oshdi

Mojaro fonida neft narxlarining oshishi dunyoning to‘qqizta yirik neft kompaniyasi foydasini birinchi yarim yillikda 152,8 mlrd dollarga yetkazdi.

custom img

Rossiya Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi

Moskva bunday kelishuv Kiyevga vaqtinchalik “nafas rostlash” imkonini berishini, hozircha moratoriy uchun asos yo‘qligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"