Arda Gyuler qachon debyut qiladi?
Madrid klubi bunga javob berdi.

Arda Gyuler katta ehtimol bilan 2023-yilda maydonga qaytmaydi.
Xabarlarga ko‘ra, “Real” yarimhimoyachisi 17-dekabr kuni “Vilyarreal”, 21-dekabrda “Alaves”ga qarshi maydonga tushishi dargumon. Madrid klubi turkiyalik futbolchining tiklanishini tezlashtirmoqchi emas va unga 2024-yil boshigacha vaqt berish kerak, deb hisoblamoqda.
18 yoshli futbolchi yozda “Fenerbahche”dan o‘tganidan beri turli jarohatlar sabab hali “Real”da o‘ynamadi.







