Jahon

Quvaytga yangi amir tayinlandi

Sobiq amir vafoti munosabati bilan mamlakatda 40 kunlik motam eʼlon qilindi.

Quvaytga yangi amir tayinlandi

 

Avvalroq Quvayt davlat televideniyesi mamlakat amiri shayx Navaf al-Ahmed al-Jobir as-Saboh vafot etganini maʼlum qilgandi. AL Qabas gazetasining yozishicha, hukumat valiahd shahzoda Mishaal al-Ahmed al-Jobir as-Sabahni Quvaytning yangi amiri etib tayinlagan.

 

Sobiq amir shayx Navaf al-Ahmed al-Jobir as-Saboh 87 yoshida vafot etdi. U noyabr oyi oxirida sog‘lig‘idagi shoshilinch muammolar tufayli kasalxonaga yotqizilgan. 

 

Ayni damda mamlakatda 40 kunlik motam eʼlon qilindi, davlat muassasalari uch kunga yopildi. 

 

Bundan tashqari, Misrda ham uch kunlik motam eʼlon qilindi. Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi o‘z bayonotida Quvayt marhum amirini “buyuk va donishmand” deb atadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"