Rossiyada 18 ta avtomobil ishtirokida dahshatli avtohalokat yuz berdi
Baxtsiz hodisaga kommunal tizimdagi uzilish sabab bo‘lgan.

Kuni kecha Irkutsk shahrining Kayskaya tog‘ida 18 ta avtomobil ishtirokida katta yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Viloyat gubernatorining xabar berishicha, baxtsiz hodisaga kommunal tizimdagi uzilish sabab bo‘lgan bo‘lib, noqulay ob-xavo hamda suv oqib chiqishi natijasida yo‘llar muzlagan. Rasmiylar hodisa oqibatida bir kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilganini maʼlum qildi.
Hozirda yo‘lni muzdan tozalash ishlari davom etayotgani tufayli Sinyushina Gora mikrorayoniga olib boruvchi yo‘l to‘sib qo‘yilgan. Viloyat prokuraturasi Irkutskning Sverdlovsk tumanidagi Chaykovskiy va Mayakovskiy ko‘chalari kesishmasi yaqinida suv taʼminoti tarmog‘ida ro‘y bergan uzilish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.







