Yevrokomissiya Polsha iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlaydi
YK rahbari Ursula fon der Lyayen Polshaning mamlakat yangi bosh vaziri Donald Tusk bilan uchrashdi.

15 dekabr kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi sammitining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sammit davomida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Polshaning yangi bosh vaziri Donald Tusk bilan uchrashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya Polshaga Yevropa ittifoqi fondlaridagi muzlatilgan 111 mlrd yevro mablag‘dan foydalanishga yordam beradi.
Bunga Polsha yangi hukumatining mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash yo‘lida harakat qilayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
"Juda uzoq vaqtdan beri qonunlar haqidagi xavotirlar bizning Polsha iqtisodiyotini modernizatsiya qilish uchun yordam berishimizga to‘sqinlik qildi", - dedi Ursula fon der Lyayen Donald Tusk bilan bo‘lgan suhbat davomida.







