Jahon

Ekvadorda Britaniya faxriy konsuli o‘g‘irlab ketildi

Politsiya bergan maʼlumotlarga ko‘ra, konsul bilan birga yana bir kishi g‘oyib bo‘lgan.

Ekvadorda Britaniya faxriy konsuli o‘g‘irlab ketildi

 

Britaniyaning Guayakildagi faxriy konsuli Kolin Armstrong Ekvadorda o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, voqea shanba kuni ertalab Los-Rios provinsiyasida sodir bo‘lgan.

 

Bu haqda Ekvador politsiyasi X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) yozgan.

 

“Bugun ertalab Los-Riosda tadbirkorga qarshi sodir etilgan jinoyat yuzasidan Ekvador politsiyasining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari shoshilinch tekshiruv o‘tkazmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Politsiya bergan maʼlumotlarga ko‘ra, konsul bilan birga yana bir kishi o‘g‘irlab ketilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"