Jahon

KXDR Yapon dengizi tomon yana raketa uchirdi

Shimoliy Koreya oxirgi marta 22-noyabr kuni raketa uchirishga uringan, ammo harakat muvaffaqiyatsiz chiqqandi.

KXDR Yapon dengizi tomon yana raketa uchirdi

 

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi.

 

Janubiy Koreya Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining maʼlum qilishicha, sinov tafsiloti haqida qo‘shimcha maʼlumot berilmagan, raketa yetib borgan joy ham maʼlum emas.

 

Agentlikning yozishicha, Shimoliy Koreya oxirgi marta 22 noyabr kuni raketa uchirishga uringan, ammo harakat muvaffaqiyatsiz chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"