Jahon

Dunyo bo‘ylab gumanitar yordam: Yevropa Ittifoqi 710 mln yevro ajratadi

Mablag‘larning bir qismi Afrika, Falastin hududlari, Livan va Ukrainaga yo‘naltiriladi.

Dunyo bo‘ylab gumanitar yordam: Yevropa Ittifoqi 710 mln yevro ajratadi

Yevropa Ittifoqi mojarolar, tabiiy ofatlar va boshqa inqirozlardan jabr ko‘rganlarga qo‘shimcha 710 mln yevro miqdorida gumanitar yordam ajratadi.

 

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen 26-sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi Global Citizen Festival ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi. Festival keyinchalik noqulay ob-havo sabab bekor qilingan.

 

Mablag‘larni taqsimlashda Afrikaga, shuningdek, majburiy ko‘chirilgan shaxslar va ularni qabul qilayotgan jamoalarga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlarida migratsiya bilan bog‘liq chora-tadbirlarga qariyb 380 mln yevro yo‘naltiriladi.

 

Yana 252 mln yevro qurolli mojarolar, aholining majburiy ko‘chirilishi, epidemiyalar va tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi shoshilinch yordam ko‘rsatishga sarflanadi. Ushbu mablag‘ning 97 mln yevrosi Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlariga, 103 mln yevrosi Falastin hududlari va Livanga, 52 mln yevrosi esa Ukrainaga, jumladan, qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun yo‘naltiriladi.

 

2026-yilda YI dunyo bo‘ylab gumanitar yordam uchun qariyb 1,9 mlrd yevro ajratishni rejalashtirgan. Shundan 557 mln yevrosi Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlariga, 463 mln yevrosi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga mo‘ljallangan.

 

Ukraina va Moldovaga yo‘naltiriladigan gumanitar yordam hajmi esa yil davomida 248 mln yevrogacha oshirilgan. Ushbu mablag‘lar oziq-ovqat, tibbiy yordam, uy-joylarni tiklash, pul to‘lovlari va qishga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltiriladi.

 

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlaganidan beri YI Ukrainadagi gumanitar yordam dasturlariga 1,4 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ ajratgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.