Jahon

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Janubiy Afrikaning ikki shaharchasida sodir bo‘lgan otishmalarda kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jarohatlandi. Politsiya hodisalar yuzasidan bir nechta gumondorlarni qidirmoqda.

 

Birinchi otishma shanba kuni kechqurun Yohannesburg janubi-g‘arbidagi Vedela shaharchasida sodir bo‘lgan. Tavernada yuz bergan hujum oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jarohatlangan.

 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan shaxslar avval Taverna tashqarisida to‘plangan odamlarga qarata o‘q uzgan, keyin bino ichiga kirib, otishmani davom ettirgan. Hujum vaqtida ayrim mijozlarning mobil telefonlari ham olib qo‘yilgan.

 

Gumondorlar ikki avtomobilda voqea joyidan qochgan. Hodisa vaqtida yana ikkita avtomobil yoqib yuborilgan. Politsiya sakkiz nafar gumondorni qidirmoqda. Ular AK-47 avtomatlari va to‘pponchalar bilan qurollangani aytilmoqda. Hujum sababi hozircha noma’lum.

 

Ikkinchi otishma yakshanba kuni yarim tundan keyin Keyptaun yaqinidagi Lvandle shaharchasida sodir bo‘lgan. Do‘konga qurollangan shaxslar hujum qilishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi yaralangan. Politsiya hodisaga aloqador bir nechta gumondorni qidirmoqda.

 

Mazkur voqealar Durban shahri yaqinidagi uyda uyushtirilgan ziyofatda 11 kishi, jumladan, homilador ayol halok bo‘lgan otishmadan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.

 

Janubiy Afrikada o‘qotar qurollar qo‘llanadigan zo‘ravon jinoyatlar muntazam qayd etiladi. Hukumat, ayniqsa, yirik shaharlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash va qurol ishlatiladigan jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha bosim ostida qolmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.