Mbappe eng yaxshi to‘purarlar beshligiga kirdi
U Karlos Byankidan o'zib ketdi.

Kecha Fransiya 1-ligasining 16-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda “Lill” va “PSJ” klublari to‘qnash kelishdi. Uchrashuv esa 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi birinchi gol 66-daqiqada kiritildi. "PSJ" futbolchilari 11 metrlik zarba berish huquqini qo'lga kiritishdi, uni 24 yoshli hujumchi Kilian Mbappe ishonchli tarzda golga aylantirdi. Bu futbolchining Fransiya chempionatidagi 180-golidir. Futbolchi endi Fransiya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Mbappe 179 ta gol urgan Karlos Byankidan o'zib ketdi.
Liga 1 tarixidagi eng yaxshi to'purar 299 ta gol bilan Deleu Onnis hisoblanadi.







