"Real" himoyasida endi kim o'ynaydi?
Kecha Alaba jiddiy jarohat olgandi.

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti avstriyalik futbolchi Alabaning jarohatidan so‘ng kimlar markaziy himoyachi sifatida o‘ynashi mumkinligi haqida gapirdi.
"Aurelien Tchuameni markaziy himoyachi sifatida o'ynay oladi, bu bizning zahira rejamiz", - dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi matbuot xizmati tibbiy ko‘rikdan so‘ng avstriyalik futbolchining chap tizzasidagi xoch bog‘lami yorilishi tashxisi qo‘yilgani haqida xabar bergan edi. Futbolchi yaqin orada operatsiya qilinadi.
Alaba bu mavsumda "Real"ning o'zaro bog'lamlari yorilishidan aziyat chekkan uchinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq darvozabon Tibo Kurtua va himoyachi Eder Militao shunday jarohat olgandi.







